1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eronda hijob qoidalarini buzgani uchun 11 ta kafe va restoran yopildi

Eron politsiyasi qadriyatlarni buzgan muassasalarga qarshi qat’iy chora ko‘rdi.

Eronda hijob qoidalarini buzgani uchun 11 ta kafe va restoran yopildi

 

Eronning Lorestan viloyatiga qarashli Borujerd shahrida 11 ta kafe va restoran hijob tartib-qoidalarini buzganlik hamda ayollar va erkaklarning aralash holda bayram o‘tkazgani sababli yopildi.

 

Bu haqda “Azad Iran” Telegram kanali Borujerd shahar politsiya boshlig‘i Mehdi Mahdaviy so‘zlariga tayanib xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur muassasalarda islomiy qoidalar va jamoat axloqiga zid harakatlar aniqlangan. Shu bois, politsiya tomonidan “jamoat tartibini mustahkamlash va ijtimoiy intizomni ta’minlash” loyihasi doirasida ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

Mahdaviy bayonotida ta’kidlanishicha, bunday choralar mamlakatda islomiy qadriyatlarni mustahkamlash va jamoat joylarida axloqiy me’yorlarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylar davomida Eronda hijob qoidalariga amal qilmaslik holatlari yuzasidan nazorat kuchaytirilgan. Shu munosabat bilan bir necha shaharlarda o‘nlab kafe, go‘zallik saloni va savdo markazlari vaqtincha yopilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика