1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden Donald Trampga minnatdorlik bildirdi

U Trampning G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishish borasidagi saʼy-harakatlarini “yuqori baholadi”.

Bayden Donald Trampga minnatdorlik bildirdi

AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden amaldagi prezident Donald Tramp va uning jamoasiga Isroil hamda HAMAS o‘rtasida erishilgan tinchlik bitimi uchun minnatdorlik bildirdi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp jamoasining vositachiligi mintaqada ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolishga yordam bergan.

 

Bayden bu haqda X (avvalgi Twitter) platformasida yozib, “Prezident Tramp va uning jamoasining yangi tinchlik bitimini tuzish yo‘lidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholayman. Ularning diplomatik saʼy-harakatlari oson bo‘lmagan, ammo bu natija garovga olingan fuqarolar ozod etilishiga va G‘azo aholisi uchun umid paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi”, — deya taʼkidladi.

 

Tinchlik kelishuvi natijasida 20 nafar garovdagilar ozod etildi, G‘azoga gumanitar yordam yetkazish yo‘llari ochildi. Bayden, shuningdek, o‘z maʼmuriyati ham bu jarayonni qo‘llab-quvvatlaganini, xalqaro hamkorlik va diplomatiya mintaqa barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

 

Tramp maʼmuriyati vakillari, xususan, Yaqin Sharqdagi vositachilik guruhlari, Qatar hukumati va Isroil hamkorlari bilan birgalikda muzokaralarda muhim rol o‘ynagan. Ular Isroil va Falastin o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish, garovdagilarni ozod etish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика