1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Emmanuel Makron isteʼfoga chiqmasligini maʼlum qildi

Fransiya hozirda murakkab iqtisodiy va siyosiy davrni boshdan kechirmoqda.

Emmanuel Makron isteʼfoga chiqmasligini maʼlum qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatdagi siyosiy inqiroz va kuchayib borayotgan muxolifat bosimlariga qaramay, isteʼfoga chiqmasligini qatʼiy tarzda bildirdi. U o‘z lavozimida 2027 yilgi prezidentlik muddatining oxirigacha faoliyat yuritishni rejalashtirayotganini aytdi.

 

Reuters va boshqa xalqaro OAV xabarlariga ko‘ra, Fransiyada so‘nggi haftalarda parlamentdagi siyosiy keskinlik kuchaygan. Hukumat byudjetni tasdiqlashda muammolarga duch kelgani, shuningdek, bir necha vazirlar isteʼfoga chiqishga majbur bo‘lgani siyosiy beqarorlikni yana-da kuchaytirdi. Muxolifat partiyalari — jumladan, o‘ng va chap qanot kuchlari — Makrondan isteʼfo talab qilmoqda. Ular prezident olib borayotgan siyosat, xususan, pensiya yoshini oshirish va soliqlarni ko‘paytirish kabi qarorlar xalq manfaatiga zid ekanini bildirishmoqda.

 

Makron esa bu chaqiriqlarga javoban barqarorlik va davlat manfaatlarini ustuvor deb bilishini aytdi. Misrda o‘tkazilgan xalqaro sammit davomida u “xalq tomonidan berilgan mandatga sodiq qolish” zarurligini taʼkidladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya hozirda murakkab iqtisodiy va siyosiy davrni boshdan kechirmoqda va bunday paytda rahbarlikdan chekinish mamlakatni yana-da chuqur inqirozga olib kirishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика