1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSHda bir sutka ichida ikkita aviahalokat yuz berdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar bor.

AQSHda bir sutka ichida ikkita aviahalokat yuz berdi

AQSHda so‘nggi bir sutka ichida ketma-ket ikki aviahalokat sodir bo‘ldi. Massachusetts va Texas shtatlarida kichik samolyotlar qulab tushib, kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

 

Massachusetts shtatida 13-oktyabr kuni ertalab kichik samolyot avtomobil yo‘liga qulab tushdi. Halokat oqibatida bortda bo‘lgan ikki kishi vafot etdi, yo‘ldan o‘tayotgan bir haydovchi esa jarohat oldi. Hodisa paytida kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilgani, samolyot qo‘nish chog‘ida yo‘nalishdan og‘ib ketgani aytilmoqda. AQSH Federal aviatsiya maʼmuriyati va Milliy transport xavfsizligi kengashi voqea sabablarini o‘rganmoqda.

 

Oradan ko‘p o‘tmay, Texas shtatida ham shunga o‘xshash fojea qayd etildi. Beech King Air S90 rusumli samolyot yuk mashinalari turargohiga urilib, kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisada samolyotdagi ikki kishi halok bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘satdan portlash yuz berib, osmonni olov va tutun qoplagan.

 

Massachusettsdagi halokatda og‘ir ob-havo sharoiti asosiy sabab bo‘lishi mumkin, Texasdagi voqeada esa texnik nosozlik yoki uchuvchi xatosi taxmin qilinmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика