1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lmoqda

Italiyalik mutaxassis o‘z shtabi bilan O‘zbekistonga keladi, Chicho Troise yordamchi, Evgeni Albarella fitnes murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lmoqda

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi rahbarligiga afsonaviy italiyalik futbolchi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi va “Oltin to‘p” sohibi Fabio Kannavaro tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda mashhur sport insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan bo‘lib, JCh-2026 saralash jarayonlarida Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradi. Yaqin 24–48 soat ichida barcha huquqiy jarayonlar yakunlanib, rasmiy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

 

Italiyalik mutaxassis O‘zbekistonga o‘zining murabbiylik shtabini ham olib keladi. Uning yordamchisi sifatida Chicho Troise, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha esa Evgeni Albarella faoliyat olib borishi kutilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi sentabr oyida Kannavaro bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan edi. U o‘z yurtida klub futbolida ishlash bo‘yicha taklifni rad etib, milliy terma jamoa bilan yangi sahifani boshlashga rozi bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика