Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berishicha, 2025-yil 1-oktyabr kuni Uchko‘prik tumanidagi avtobus bekatida shaxslar o‘rtasida jiddiy janjal sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan I.I. va 1998-yilda tug‘ilgan S.K. oldindan mavjud janjal tufayli o‘zaro to‘qnash kelgan. Suhbat davomida I.I. tanishi M.A. orqali S.K.ga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. O‘z navbatida S.K. tanishi B.M. aralashib, M.A.ni avtomobil belgisi bilan qasddan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada S.K. va M.A turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Qasddan odam o‘ldirish” va “Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga suiqasd” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.


