1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qudratilla Rafiqovning maqolasi “Российская газета”da chop etildi

“Uchinchi Renessans” g‘oyasi xalqimizning tarixiy qadr-qimmati va ilmiy merosini qayta tiklash strategiyasi sifatida talqin qilinmoqda.

Qudratilla Rafiqovning maqolasi “Российская газета”da chop etildi

Siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Российская газета”da chop etilgan maqolasida yozilishicha, uzoq yillar davomida o‘zbek xalqi o‘z buyuk o‘tmishidan, merosidan uzilib qoldi. Dunyo bizni ko‘proq paxta, choynak va do‘ppilar orqali tanidi, ammo Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Ulug‘bek kabi buyuk zotlarning merosi soyada qoldi.

 

Muallif ta’kidlaydiki, bu – eng katta yo‘qotishlardan biri edi. Chunki Markaziy Osiyo ikki buyuk uyg‘onish – musulmon va Temuriylar Renessansiga bevosita beshik bo‘lgan, dunyo ilm-fanini yangi bosqichga olib chiqqan.

 

Bugun esa vaziyat o‘zgarib bormoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan “Uchinchi Renessans” g‘oyasi aslida shunchaki siyosiy shior emas, balki xalqimizning unut bo‘lib qolgan qadr-qimmatini tiklash yo‘lidagi katta strategiya sifatida qaralmoqda.

 

Maqolada qayd etilishicha:

 

Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi

 

O‘zbek allomalarining ilmiy merosini qayta tiklash

 

Yurtimizdan olib ketilgan yuzlab noyob qo‘lyozmalar va artefaktlarning vatanga qaytarilishi

 

— bularning barchasi xalqimiz tarixini qaytadan tiklash jarayonining bir qismi hisoblanadi.

 

Rafiqov yozishicha, bu markazga kirgan odam nafaqat tarix bilan tanishadi, balki O‘zbekistonning buyukligini his qiladi. Bu orqali “O‘zbekiston — faqat paxta mamlakati emas, balki insoniyat sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan yurt” degan tasavvur dunyo miqyosida mustahkamlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика