1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dam olish kunlari O'zbekistonda yomg'irli ob-havo kutilyapti

Respublikada havo asosan quruq, faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

Dam olish kunlari O'zbekistonda yomg'irli ob-havo kutilyapti

 

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabariga ko‘ra, 3-5-oktabr kunlari mamlakat hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda.

 

3-oktyabr kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi ehtimoldan holi emas. Havo harorati 18–23 daraja atrofida, janubiy hududlarda esa 25–27 darajagacha yetadi.

 

4-5-oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, kunduzi harorat 20–25 daraja bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shu kunlarda shimoliy va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar yuz berishi mumkin.

 

Toshkent shahri ob-havo ma’lumotlari:

  • 3-oktabr: havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20–22 daraja. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
  • 4-oktabr: kechasi 10–12 daraja, kunduzi 23–25 daraja.
  • 5-oktabr: kechasi 10–12 daraja, kunduzi 21–23 daraja.

 

Fuqarolardan shiddatli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlarda ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика