1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada hokim yordamchilari va bank mas’ullari qo‘lga olindi

Bankir so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Farg‘onada hokim yordamchilari va bank mas’ullari qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida bank mas’ullari va hokim yordamchilarining noqonuniy faoliyati fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) axborot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning O‘zbekiston bank xizmatlari markazida faoliyat yurituvchi mahalla bankiri va ushbu markaz boshqaruvchisi o‘rinbosari o‘zaro til biriktirgan holda 2 nafar fuqaro nomiga 66 million so‘m kredit ajratish evaziga 10 million so‘m pora talab qilgan.

 

DXX va Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Surishtiruv davomida u kredit ajratish uchun avvalroq 600 ming so‘m, bank boshqaruvchisi o‘rinbosari esa 920 ming so‘m olganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, “Xalq banki”ning boshqa mas’ullari, O‘zbekiston tumanidagi 2 nafar hokim yordamchisi hamda ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari soxta hujjatlar asosida boshqa fuqarolar nomiga 153 million so‘mlik kredit ajratilishiga erishib, mablag‘larni naqdlashtirib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, bank boshqaruvchisi o‘rinbosari ilgari ham, 2000 va 2015-yillarda firibgarlik hamda pora berish moddalariga binoan sudlangan bo‘lsa-da, o‘z xatti-harakatlaridan xulosa chiqarmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика