1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan korxonalar aniqlandi

05:57 / 10.12.2022

832

Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan korxonalar aniqlandi

Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan korxonalar aniqlandi

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan Toshkent shahri va viloyatida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

 

Gaz taʼminoti filiali tabiiy gazdan uzilishi belgilangan korxonalarni tarmoqdan ajratmay kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tadbirkorlik subyektlarining tabiiy gazdan foydalanish holati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Xususan:

 

  • Bektemir tumanida joylashgan “Jasmin Aleks” MCHJga qarashli qog‘ozni qayta ishlash korxonasi va “Supper Xaus Ruf” MCHJga qarashli shifer ishlab chiqarish korxonasi;
     
  • Yuqori-Chirchiq tumanida joylashgan “BEAUTY GLASS DECOR” MCHJga qarashli shishani qayta ishlash korxonalari tekshirildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu korxonalar kuz-qish mavsumida tabiiy gazdan ajratilishi belgilangan bo‘lsa-da, biroq “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali tomonidan shu kungacha tabiiy gaz yetkazib berishda davom etgan.

 

Korxonalar kuniga 31 000 metr kub tabiiy gazdan foydalanib kelgan. Bu esa o‘rtacha 1 550 ta xonadonning bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.

 

Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuraturaga topshirildi.

 

Hududlar bo‘ylab nazrat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика