Ijtimoiy tarmoqda ushbu “Gentra” avtomashinasi haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlanganligi aks etgan videolavha tarqaldi.
IIV YXHBB axborot xizmatining xabar berishicha, kuni kecha jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama etilib, bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga binoan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yo‘l-patrul xizmatining maxsus avtomobili “vstrechniy” yurgani yuzasidan YHXBB maʼlumot bergandi.
Avvalroq qoidabuzar avtobus jarima maydonchasiga joylashtirilgani, Qashqadaryodagi YTH haydovchi o‘limi bilan yakun topgani hamda hamda tez harakatlangan “Cobalt” mashinasi “Lacetti” bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi.


