1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Germaniya iqtisodiyotida retsessiya boshlandi

Joriy yilning birinchi choragida mamlakatda yalpi ichki mahsulot oldingi uch oyga nisbatan 0,3 foizga kamaydi.

Germaniya iqtisodiyotida retsessiya boshlandi

 

Statistika xodimlari Germaniya yalpi ichki mahsulotining ikki chorak ketma-ket pasayishini qayd etishdi. Bu Germaniya iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutganini anglatadi.

 

Federal statistika boshqarmasi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot oldingi uch oyga nisbatan 0,3 foizga kamaydi.

 

O‘tgan yilning to‘rtinchi choragida YIM o‘tgan chorakka nisbatan 0,5 foizga kamaygan.

 

Mutaxassislar aholining xarid qobiliyati pasayganini ham taʼkidladi. Shunga qaramay, joriy yilning birinchi choragida mamlakatda bandlik darajasi oshdi va inflyatsiya biroz pasaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика