1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Gruziyada kiberxavfsizlikni kuchaytirish kerak — NATO amaldori

07:48 / 20.04.2022

810

Gruziyada kiberxavfsizlikni kuchaytirish kerak — NATO amaldori

Gruziyada kiberxavfsizlikni kuchaytirish kerak — NATO amaldori

U buni Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari bilan bog‘lagan.

 

NATO bosh kotibi o‘rinbosari Jeyms Appartuy Gruziyada kiberxavfsizlikni kuchaytirish zarurligi maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Appartuy hozirda Tbilisida bo‘lib turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy     operatsiyasi Gruziyada kiberxavfsizlikni kuchaytirishni talab qilmoqda.

 

“Men bu yerda Gruziya parlamenti va hukumati bilan yangi tashabbus hamda takliflarni ko‘rib chiqish uchun bo‘lib turibman. Mamlakat mudofaa vazirligi va tashqi ishlar vazirligi bilan uchrashuvlar tashkil etadi”, – degan u.

 

Gruziya o‘tgan asrning 90 yillaridan buyon NATO bilan hamkorlik qilib keladi. 2002 yilda mamlakatning o‘sha paytdagi rahbari Eduard Shevardnadze alyansga aʼzo bo‘lish istagini bildiradi. Undan keyingi prezident Mixail Saakashvili ham bu siyosatni davom ettiradi.

 

Avvalroq Gruziya Yevroittifoqqa aʼzo bo‘lish uchun ariza topshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика