1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina NATO aʼzosi bo‘lmaydi — The New York Times

Bunga Yevropa davlatlari pozitsiyasi sabab bo‘lishi mumkin.

Ukraina NATO aʼzosi bo‘lmaydi — The New York Times

 

Ukraina yaqin kelajakda NATO aʼzosiga aylanmaydi. Bu haqda The New York Times maʼlum qildi.

 

Maqola muallifining fikricha, Kiyevning alyansga qo‘shilishiga bir qator omillar xalal bermoqda. Ulardan biri — Yevropa davlatlarining roziligi. NATOga yangi ishtirokchi kirishidan avval uning barcha aʼzolari konsensusga ega bo‘lishi lozim.

 

Shuningdek, AQSH rasmiylarining bayonotlariga qaramay, Jo Bayden Ukrainaning Shimoliy Atlantika blokiga qo‘shilishi masalasida doim ehtiyotkor bo‘lgan hamda 2000 yillar oxiridan boshlab uning NATOning sharqqa kengayishini qo‘llab-quvvatlamay keladi.

 

Vashington va boshqa aʼzolarni Ukrainadagi korrupsiya holati xavotir uyg‘otadi. Transparency International tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Kiyev korrupsiyaga qarshi kurash reytingida 180 davlat ichida 117-o‘rinni egallagan.

 

Xulosa o‘rnida Rossiya faktori keltirilgan. Moskvaning Yevropaga bir qancha iqtisodiy taʼsir vositalari mavjud. Shuning uchun ko‘plab yevropaliklar RF bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikka harakat qiladi.

 

"Bularning barchasini inobatga olib Ukraina NATOga aʼzo bo‘lishning uchinchi muhim shartiga javob bera olmaydi: barcha o‘ttiz davlatning roziligi", — deyiladi maqolada.

 

Maʼlumot o‘rnida: Ukrainaning NATO aʼzoligiga intilishi Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi eng ziddiyatli masala hisoblanadi. Alyansning Sharqqa kengayishiga qattiq qarshilik ko‘rsatadigan Rossiya bevosita o‘z chegaralari NATO bilan tutashishiga keskin norozilik bildirish keladi. G‘arbning ayrim strateglari esa aksincha, Ukrainaning harbiy blokka qo‘shilishi Moskvaning imperiyachilik kayfiyatini tiyib turadigan omil sifatida ko‘radi.

 

Avaalroq Ukrainada Rossiya kemalariga qarshi qaratilgan qonun qabul qilngandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика