1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NATO-Rossiya kengashida qaysi masalalar muhokama qilinadi?

Tashkilot bosh kotibi bu haqda ma'lumot berdi.

NATO-Rossiya kengashida qaysi masalalar muhokama qilinadi?

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya bilan bo‘lajak muzokaralarda qaysi masalalar muhokama qilinishini maʼlum qildi. Bu haqda u Twitter sahifasida xabar bergan.

 

“Yevropadagi xavfsizlik, ayniqsa, Ukraina va uning atrofidagi vaziyat, harbiy faollik, o‘zaro ochiqlik va xavfni kamaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida 12-yanvar kuni NATO-Rossiya kengashini chaqirdim”, – degan Stoltenberg.

 

Maʼlumot o‘rnida: 12-yanvar kuni Bryusselda Rossiya-NATO kengashi bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropada xavfsizlik, NATOning Sharqqa qarab siljishini to‘xtatish va Rossiya chegaralari yaqinida raketa hamda boshqa tizimlarni joylashtirmaslik masalalari ko‘tariladi.

 

Avvalroq Jozef Bayden Vladimir Zelenskiy bilan Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика