1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Haydovchi suv ichmoqchi bo‘lgan, qurbonlar 2 nafardan ko‘p”

Vafot etgan shaxslardan biri 2017-yilda, yana biri esa 2004-yilda tug‘ilgan, yana bir qurbon esa bir oilaning yakkayu yolg‘iz 20 yoshli qizi bo‘lgan. Shuningdek, Zamon.uz'ga avtobusning ag‘darilib ketishiga nima sabab bo‘lgani bo‘yicha ham baʼzi maʼlumotlar yetib keldi.

“Haydovchi suv ichmoqchi bo‘lgan, qurbonlar 2 nafardan ko‘p”

Navoiy viloyatida avtobusning YTHga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki nafardan ko‘p. Bu haqida Zamon.uz'ga bir-biridan mustaqil manbalar xabar bermoqda.

 

 

Vafot etgan shaxslardan biri 2017-yilda, yana biri esa 2004-yilda tug‘ilgan, yana bir qurbon esa bir oilaning yakkayu yolg‘iz 20 yoshli qizi bo‘lgan. Zamon.uz manbalardan olgan ushbu maʼlumotlarni rasmiy idoralar orqali tasdiqlay olmadi. Biroq uch inson vafot etgani tasdiqlandi. Shuningdek, Zamon.uz'ga avtobusning ag‘darilib ketishiga nima sabab bo‘lgani bo‘yicha ham baʼzi maʼlumotlar yetib keldi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, avtobus Navoiy viloyatining Uchquduq tumanidan Toshkentga ketayotgan bo‘lgan. Haydovchi harakat vaqtida suv ichish uchun chalg‘ib, chap qo‘li bilan boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan. Biroq ushbu vaqtda avtobusning tezligi qancha bo‘lgani nomaʼlum.

 

Zamon.uz mazkur avtobus ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan bir bilan ham suhbatlashdi.

 

“Men Uchquduqdan chiqqanman, avtobusning 46-o‘rindig‘ida edim. Yo‘lda uxlab ketayotganim uchun birdan nimalar bo‘lganini anglamay qoldim. Ko‘zimni ochganimda avtobus ag‘darilgan, men esa pastda qolib ketgandim. Hamma chiqishga harakat qildi, kimdir kimdirga yordam berdi. 10 minutlardan keyin boshqa bir avtobus to‘xtab, bizga yordam berishdi. Shundan keyin yordam kuchlari chaqirildi. Bir qiz joni uzilgandi shekilli, otasi bo‘lsa kerak, ko‘tarib olib ketdi. Meni va bir qancha kishilarni boshqa avtobusga chiqarib jo‘natishdi. U yerda nimalar bo‘lganini boshqa bilmayman. Hozir ahvolim yaxshi. Biroz yelkam og‘riyapti, qo‘rqdim. Yuragim tushib qoldi shekilli”, deydi yo‘lovchi yigit.

 

Hodisa joyiga eng yaqin manzil Zarafshon shahri bo‘lgani bois jabrlangan yo‘lovchilar darhol mazkur hududning tibbiyot birlashmasiga olib ketilgan va kerakli choralar ko‘rilgan. Bemorlar umurtqa pog‘onasi, qo‘l, tirsak suyaklari sinishi va bosh miya jarohatlari kabi tashxislar bilan hamda nisbatan qoniqarli va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

 

IIV YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика