Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Omicron” shtammidan bemorning birinchi o‘limi haqida xabar berdi, deb yozadi BBC.
74 yoshli erkak vafot etgani aytilmoqda.
Shifokorlar erkak to‘liq emlanganini aytishdi. Kun davomida Hindistonda 90,000 dan ortiq koronavirus holati va 325 ta o‘lim qayd etilgan, faqat bittasi “Omicron” shtammi bilan bog‘liq.
Pandemiya boshlanganidan beri Hindistonda 35 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi ro‘yhatga olingan, ulardan 482 mingga yaqini o‘lim bilan yakunlangan.
Avvalroq AQSHda Omicron shtammidan birinchi o‘lim qayd etilgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.


