“Vaziyat taqozo qilsa, biz yana (Afg‘onistonga) kirishimiz lozim. Mamlakat Prezidenti (Bayden) aybi bilan qayta kirishimiz shart, chunki u kuchli armiyamizning barchasini olib chiqib ketdi. Agar Afg‘onistonga qayta kirmasak, biz 45 ming kishini boshqa ko‘rmaymiz”, deb aytib o‘tgan sobiq Prezident Alabamadagi chiqishida.
Trampning fikricha, hozirda Afg‘onistonda 10 ming emas, balki 45 ming amerikalik bor. Shuningdek, u AQSH Afg‘onistonni tark etishi bilan Rossiya kirib kelishidan ogohlantirdi. Ammo u Rossiyani shoshmaslikka chaqirgan. “Kim Afg‘onistonga kirsa, o‘sha davlatga hech qachon yaxshi bo‘lmagan” degan Tramp.
Bundan avval Jozef Bayden AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonda 31 avgustdan keyin ham qolishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.


