1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Buyuk Britaniya NATO Afg‘onistondan chiqib ketganidan so‘ng terrorizmning kuchayishidan xavotirda

Afg‘onistondan NATO qo‘shinlari chiqarilgandan so‘ng vaziyat beqarorlashishda, u yerdan tarqaladigan terrorchilik xavfi esa tobora kuchayishda davom etadi.

Buyuk Britaniya NATO Afg‘onistondan chiqib ketganidan so‘ng terrorizmning kuchayishidan xavotirda

 Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Times gazetasi muxbirlari bilan suhbatda taʼkidladi.

Uollesga ko‘ra, AQSHning o‘z harbiylarini olib chiqish istagi NATOdagi ittifoqchilarini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Endi ular ham ushbu qaror keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavfni  zimmalariga olib, qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqishga majbur bo‘lmoqdalar.

 Shu bilan birga, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi London har doim Qobulga aviatsiya yoki harbiy maslahatchilar masalasida yordam berishga tayyorligini taʼkidladi. Inglizlar Kiprdagi aviabazalarini jangarilarga qarshi reydlar uchun ishlatishga rozi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика