1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar soni 15 foizga qisqartiriladi

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar soni 15 foizga qisqartiriladi

 

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Yig‘ilish avvalida iqtisodiy kompleks mavzusi birinchisi ekani, kelgusida barcha soha va tarmoqlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilishi taʼkidlandi.

 

O‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani, bu yil ham bu borada katta rejalar olingani qayd etildi. Ularni amalga oshirish uchun iqtisodiy kompleks juda qattiq ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari bor. Lekin, hozir iqtisodiyotga masʼullarda zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayapti. Ayrim rahbar o‘rinbosarlari o‘ziga masʼuliyat olmasdan, mudrab o‘tirgani tanqid qilindi.

 

Davlat rahbari tizimni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq berdi.

 

Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o‘rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, o‘rinbosarlariga masʼuliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. So‘rov ham shunga yarasha qattiq bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика