1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Iroq Suriya bilan chegarani kuchaytirmoqchi

Bu ISHID terrorchilarining mamlakatga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan.

Iroq Suriya bilan chegarani kuchaytirmoqchi

 

Iroq Suriya bilan chegarada beton devor qurmoqda. Bu haqda France-Presse agentligi xabar berdi.


Undan ko‘zlangan maqsad Suriyadan ISHID terrorchilarining kirib kelishini oldini olish ekanligi aytilmoqda. Agentlik suhbatdoshlaridan biri devorning uzunligi 10 kilometr ekanini ma’lum qilgan. U Iroqning Naynava viloyatida barpo etilmoqda. Bu to‘siq kelajakda davom ettirilishi aytilgan. 


Shu bilan birga Buyuk Britaniyada joylashgan "Inson xuquqlari bo‘yicha Suriya monitoring markazi" ma’lumotlariga ko‘ra, beton devor mamlakat janubidagi Xaseki viloyatining Esh-Shaddadi shahri yaqinida qurilmoqda.


Avvalroq Iroq bosh vaziri uning davlati boshqa mamlakatlar uchun o‘zaro hisob-kitob maydoni emasligini ma’lum qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика