Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kontentlarda 2025 yil 29 sentyabr kuni Istanbul shahrida bir guruh O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingani haqida xabarlar taqalgandi. Holatga Istanbul Bosh konsulxonasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 29 sentyabr kuni Istanbulda 6 nafar shaxs, shu jumladan bloger “Jasmin” ham mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olinib, 30 sentyabr kuni Maltepe yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan.
Mazkur shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda.
Tintuv tadbirlari davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.


