1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil qariyb ikki ming falastinlik mahbusni ozod qildi

Ularning 22 nafarini voyaga yetmagan bolalar tashkil etadi.

Isroil qariyb ikki ming falastinlik mahbusni ozod qildi

Reuters agentligi xabar berishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv natijasida qariyb ikki ming nafar falastinlik mahbus ozod qilindi. Kelishuvga ko‘ra, og‘ir jinoyatlarda ayblangan 250 nafar falastinlik, urush boshlanganidan beri G‘azoda hibsga olingan 1700 nafar falastinlik va 22 nafar voyaga yetmaganlar qamoqdan chiqarildi. Shuningdek, HAMAS askarlaridan 360 kishining jasadi ham olib kelindi.

 

Isroil qamoqxona xizmati rasmiy bayonotida taʼkidlanishicha, ozod qilingan mahbuslar G‘arbiy sohil, Sharqiy Quddus va G‘azo sektoriga qaytarilgan. Bu harakat mintaqadagi keskinlikni kamaytirish va tinchlik o‘rnatishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

 

Al Jazeera maʼlumotlariga ko‘ra, ozod etilgan falastinliklarning kamida 154 nafari Isroil tomonidan surgun qilingan. HAMASning maʼlum qilishicha, bu mahbuslar Misrga deportatsiya qilingan va ular hali ham o‘z oilalari va mahalliy jamoalari bilan qayta uchrasha olmagan.

 

Mutahassislar fikricha, bu qadam mintaqadagi siyosiy va ijtimoiy vaziyatga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика