AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil parlamentidagi chiqishida Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini rekonstruksiya qilish jarayonida faol ishtirok etishini ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, Vashington mintaqada barqarorlik, xavfsizlik va iqtisodiy tiklanishni ta’minlash yo‘lida G‘azo aholisi bilan hamkorlikda ishlashga tayyor.
“G‘azo aholisi barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyot asoslarini qayta tiklashga e’tibor qaratishi kerak. Biz ularga yordam beramiz,” — dedi Tramp.
U shuningdek, G‘azo aholisi uzoq yillardan beri azob-uqubatlarga duch kelgani, shuning uchun endilikda ularning tinch va farovon hayot kechirishiga imkon yaratish lozimligini qayd etdi.
Tramp G‘azoda tinchlikka erishishni butun Yaqin Sharq uchun “tarixiy tong” deb atadi.


