Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi saylovoldi tashviqotini noqonuniy moliyalashtirish ishi bo‘yicha sud hukmi bilan 21-oktabrdan boshlab qamoq jazosini o‘tashni boshlaydi. Bu haqda “Le Figaro” nashri xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Sarkozi besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, shundan ikkita yili shartli, qolgan uch yili esa haqiqiy qamoq muddati sifatida belgilangani ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, sobiq davlat rahbari Parijdagi “La Sante” qamoqxonasida jazoni o‘taydi. U maxsus kuzatuv ostida karser sharoitida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Nikolya Sarkozi 2007–2012-yillar oralig‘ida Fransiya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Unga nisbatan tergov ishlari 2013-yilda boshlangan bo‘lib, siyosatchining prezidentlik kampaniyasi Liviya hukumati tomonidan noqonuniy moliyalashtirilgani aniqlangan.
Sarkozining o‘zi unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, bu ishni “siyosiy bosim” deya atagan.


