1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jahon banki Afg‘onistonga yordam beradi

Yil oxirigacha maxsus jamg‘arma hisobidan 280 million dollar ajratiladi.

Jahon banki Afg‘onistonga yordam beradi

 

Jahon banki Afg‘onistonga maxsus jamg‘arma hisobidan 280 million dollar yordam ajratadi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bemoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, Jahon banki tomonidan boshqariladigan Afg‘onistonni qayta tiklash maqsadli jamg‘armasi (ARTF) mablag‘lari mamlakat iqtisodiyotidagi keskin vaziyat tufayli ajratiladi.

 

Joriy yil oxirigacha pul UNICEF va Jahon oziq-ovqat dasturi hisoblariga o‘tkaziladi, ular afg‘onlarga yordam ko‘rsatishni o'z zimmalariga olishlari kerak.

 

“Ushbu qaror ARTF portfelidagi mablag‘larni hozirgi o‘ta og‘ir vaqtda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun qayta taqsimlash yo‘lidagi birinchi qadamdir”, — deyiladi Jahon banki bayonotida.

 

Jahon bankining aniqlik kiritishicha, UNICEF 100 million dollar va Jahon oziq-ovqat dasturi 180 million dollar oladi. Bu mablag‘lar UNICEF ga “12,5 million kishini asosiy va zarur tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash va bir million odamni immunizatsiya qilish” imkonini beradi. O‘z navbatida, Jahon oziq-ovqat dasturi 2,7 million kishiga oziq-ovqat yordamini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Afg‘onistondan 25 ming qochqinni qabul qilishga rozi bo'lgan edi.

 

Nasiba To'xtayeva 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика