1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

JCH g‘oliblari avtomobil va pul mukofotlari bilan taqdirlandi

13 nafar sportchi va ularning murabbiylariga prezident sovg‘asi topshirilgan.

JCH g‘oliblari avtomobil va pul mukofotlari bilan taqdirlandi

Boks, og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatlarida yuqori natija qayd etgan 13 nafar sportchi va ularning murabbiylariga prezident sovg‘asi topshirildi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

 

Musobaqalarda oltin medal olganlarga 15 000 dollar, kumush medal egalariga 7 500 dollar, bronza medal uchun 3 750 dollar mukofot berildi. Murabbiylar esa sportchilar olgan mablag‘ning yarmini miqdorida bir martalik pul mukofotiga sazovor bo‘ldilar.

 

Shuningdek, oltin medal sovrindorlari BYD Song Plus Champion, kumush va bronza egalari esa BYD Chazor avtomobillari kalitlariga ega bo‘ldi.

 

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Nurudinov Bahrayndagi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘lgandi. Milandagi baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha JCHda esa Artur Guliyev oltin medal qo‘lga kiritgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика