1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda badminton chempionatining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Musobaqada 7 nafar mamlakat badminton ustalari ishtirok etmoqda.

Toshkentda badminton chempionatining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Markaziy Osiyo chempionat turnirida Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikasi, Eron va Moʻgʻuliston sportchilari ishtirok etmoqda.

 

Mazkur chempionatda U-15, U-17, U-23 toifadagi Badminton sportchilari ishtirok etmoqda.

 

Chempionatda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri - Kongratbay Sharipov, Olimpiya Qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari - Otabek Umarov ham ishtirok etib sportchilarga omad tiladi. Shuningdek marosimda nutq soʻzlagan badminton federatsiya raisi Aziz Abduhakimov yurtimizda sport sohasiga katta eʼtibor qaratilayotgan sabab, bugungi kunga kelib barcha sport turlarida jumladan Badmintonda ham ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanayotganini taʼkidladi. Shuningdek «Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda badminton sportining bir qator iqtidorli va umidli vakillari yetishib chiqmoqda. Mazkur chempionat yana yangi iqtidorlarni kashf etishi shubhasiz!

 

Badminton chempionati shunchaki musobaqa emas, bu - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston, Eron va Mo‘g‘uliston yoshlarini birlashtiruvchi, ular o‘rtasida samimiy do‘stlik aloqalarini mustahkamlovchi, yoshlarni sport bilan shug‘ullanish va sog‘lom turmush tarziga undovchi muhim maydon hamdir. Fursatdan foydalanib, Markaziy Osiyo Badminton chempionatining barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilayman. Ishonamanki, mazkur chempionat sizning sportdagi faoliyatingizda muhim ahamiyat kasb etadi», — dedi Abduhakimov.

 

Chempionat turnirga start berildi. Musobaqa oʻyini boshlanish oldi xonanda Ozoda Nursaidovadan kuylar ijro etildi hamda har bir davlat oʻz milliy raqslarini namoyish etdi.

 

22-sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada jamoaviy, yakkalik, juftlik va miks dasturlarida gʻolib hamda sovrindorlar aniqlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика