1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jennifer Lopezning Toshkent haqidagi postlaridan so'ng qozog‘istonliklar e’tiroz bilan chiqdi

Qozog‘istonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari J.Loning Toshkentdan joylashtirgan posti ostida e’tiroz bildirdi — ular xonanda Ostonaga kelganini tilga olmagani va postda Qozog‘iston poytaxti haqida biror so‘z yozilmaganidan norozi bo‘ldi.

Jennifer Lopezning Toshkent haqidagi postlaridan so'ng qozog‘istonliklar e’tiroz bilan chiqdi

Avgust oyida mashhur amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopes o‘zining Up All Night gastroli doirasida Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Umumiy hisobda tur davomida san’atkor 19 ta shahar sahnasida chiqish qilishi belgilangan. Biroq mezbon mamlakatlarga bo‘lgan ijtimoiy tarmoq e’tiborida sezilarli farqlar kuzatildi.

 

Toshkentdagi konsert san’atkorning global auditoriyasi e’tiborini jalb qilgan eng yorqin voqealardan biriga aylandi. Jennifer Lopes Instagram sahifasida Toshkentdagi tashrifidan lavhalar, mahalliy kolorit aks etgan suratlar va videolarni o'z sahifasiga joylashtirdi. Xususan, unga tuhfa qilingan milliy naqshli lagan, o‘zbek san’atkori Munisa Rizayeva tomonidan berilgan gulchambar hamda shaxsiy sovg‘alar to‘plami bo‘yicha postlar keng tarqaldi.

 

Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi konsert esa bunday faollik bilan kuzatilmadi. San’atkor bu shaharga oid deyarli hech qanday foto yoki video joylashtirmadi.

 

Jennifer Lopes’ning ijtimoiy tarmoqdagi auditoriyasi 248 million kishidan ortiq bo‘lib, bunday yulduzning birgina posti ham shahar nomini global axborot oqimiga kiritish salohiyatiga ega. Shu jihatdan, Toshkentdagi postlar nafaqat san’atkorning shaxsiy xotiralari, balki O‘zbekiston turizmi uchun ham ahamiyatli reklama bo‘ldi.

 

Bundan tashqari, tahlilda qayd etilishicha, Ostonadagi konsert chiptalari tezda sotilgan bo‘lsa, Toshkentda esa sotuvni rag‘batlantirish maqsadida maxsus aksiyalar o‘tkazilgan. Shuningdek, san’atkor Ostonadagi konsertdan so‘ng Qozog‘iston matbuotiga emas, balki o‘zbek OAViga ikki intervyu bergani ham e’tiborga molik fakt sifatida tilga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика