Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim vazirligi mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilarga 27 ming dona yangi noutbuk taqdim etdi. Taqdirlash marosimi poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining texnoparkida bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qurilmalar avval Qorako‘l shahridagi (Issiqko‘l viloyati) maktablarda uch oy davomida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu jarayonda aniqlangan barcha texnik kamchiliklar bartaraf etilgan.
Noutbuklar avtomatik yangilanish va himoya tizimiga ega litsenziyalangan dasturiy ta’minot, shuningdek, o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga mos o‘quv materiallari va vositalar bilan jihozlangan.
"Ushbu noutbuklarning yo‘li obod bo‘lsin! Ishonamizki, ular ustozlarimiz ishiga yordam beradi va farzandlarimiz bilim olishiga xizmat qiladi", — dedi boshqarma rahbari marosimda.
Uskunalar birinchi navbatda STEM fanlarini o‘qituvchi pedagoglarga beriladi. Avgust oylari davomida hududlarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar chog‘ida noutbuklar yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchilarga yetkaziladi.


