Bugun, 15 iyun kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Cobalt yonib ketdi.
Maʼlum bo‘lishicha, navoiylik haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinada elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, motor va salon qismi yongan.
Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.


