1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshdi

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da mamlakatimizdagi 10 ming 760 saylov uchastkasida O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish boshlandi.

Saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshdi

 

Yurtimizning barcha hududlarida, shuningdek, xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz davlatimiz kelajagi uchun muhim tanlovni amalga oshirmoqda. Bu esa O‘zbekistonning istiqboldagi taraqqiyot vektorini belgilab beradi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Tokiodagi diplomatiya vakolatxonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasi Prezident saylovida eng birinchi bo‘lib ochilgan bo‘lsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ovoz berish jarayoniga yakun yasaydi.

 

Joriy saylovda saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshdi.

 

Ma'lumot uchun: xorijiy davlatlarda tuzilgan 54 ta saylov uchastkasidagi saylovchilar ro‘yxatiga jami 299 ming 780 nafar saylovchi kiritilgan. Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun 14—20 oktabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazilgan bo‘lib, unda xorijiy davlatlardagi 120 ming 524 nafar saylovchi-vatandosh ishtirok etgan.

 

MSK maʼlumotiga ko‘ra, unda 120,5 ming O‘zbekiston fuqarosi ishtirok etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, kuzatuvchilardan biri afg‘onistonlik Nuri Husayn Ali, Tojikistonlik kuzatuvchi hamda Pokiston mamlakati kuzatuvchisi Tezeen Akhtar O‘zbekiston Prezidenti saylovi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishgandi.

 

Bundan avval bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar uchun eslatma, Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha 10 mingdan ortiq saylov uchastkasi tuzilgani, Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga kelgani, saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlangani hamda Turkmanistonda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика