1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Karning soqov bilan suhbati”

Rossiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Ukrainani muhokama qildi.

“Karning soqov bilan suhbati”

 

Moskvada Rossiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Uchrashuv bir qadar asabiy ruhda o‘tgani kuzatildi. Shu bilan birga Rossiya TIV rahbari Lavrov uni “misli ko‘rilmagan” deb baholagan.

 

“Bugungi uchrashuvni misli ko‘rilmagan, deb hisoblash mumkin. Сhunki ertaning o‘zidayoq Moskvada bizning mudofaa vazirlarimiz uchrashadi”, – degan u.

 

Muzokralarning asosiy mavzusi Ukraina bo‘ldi. Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni G‘arbning Rossiyani muvozanatdan chiqarish uchun vosita deb atagan. Shuningdek, u G‘arbning ayrim davlatlari kabi o‘z diplomatik xodimlarini Kiyevdan evakuatsiya qilishni kirib chiqayotganini maʼlum qilgan.

 

Britaniya bosh diplomati Elizabet Trass ham bu borada o‘z fikrlarini bildirar ekan, Rossiyaning ikki yo‘li – diplomatiya yoki qo‘shinlar sonini oshirib borish mavjudligini taʼkidlagan.

 

“Nizo avj olgan taqdirda o‘ta dahshatli sanksiyalar joriy etiladi”, – degan u.

 

Lavrov uchrashuvni “karning soqov bilan suhbati” sifatida baholagan. Bunga javoban Trass muzokaralarda u soqov bo‘lmaganini hamda hamkasbini eshitganini qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz avvalroq Kiyevda Zelenskiy bilan Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика