"Nima uchun Rossiya 2017 yilda Ukrainaga bostirib kirmadi? Nima uchun bu 2018, 2019 yoki 2020 yilda sodir bo‘lmadi? Nima o‘zgardi", — degan siyosatchi. Bu savolga javob berar ekan, Kruz joriy keskinlikka, eng avvalo, AQSH prezidenti aybdorligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Bayden inauguratsiyada qo‘lini Injilga qo‘yib qasam ichgandan so‘ng, qatʼiyatsizlik va beparvolikni namoyish etgan".
Maʼlumot o‘rnida: So‘nggi oylarda G‘arb Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligini aytib kelmoqda. O‘z navbatida, Moskva bu kabi ayblovlarni rad etyapti.
Avvalroq Bloomberg Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani haqida yolg‘on axborot tarqatgandi.


