
Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning aytishicha, Janubiy Koreya shimolga nisbatan dushmanlik munosabatini to‘xtatsa, Pxenyan muloqotga tayyor. Kim Yo Chjon janubni ig‘vogarona harakatlarni amalga oshirish hamda ikki xil standartlarga amal qilishda aybladi.
U ikki davlat o‘rtasidagi urush yakunlanganini rasman eʼlon qilish uchun o‘zaro “kafolatlangan hurmat” bo‘lishi kerakligi, ikkinchi tomonga nisbatan “dahshatli dushmanlik munosabatidan, adolatsiz ikki xil standartlardan” voz kechish lozimligini taʼkidlagan.
Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida AQSH va Xitoy ishtirokida Koreya yarimorolida urush tugaganini eʼlon qilishni taklif qildi. Kim Yo Chjon bu bayonoti orqali Janubiy Koreya rahbariga o‘ziga xos javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Shimoliy Koreya yangi raketa sinovlarini o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


