1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Konor Makgregor UFC musobaqalaridan chetlatildi

U antidoping qoidalarini buzgani aytilmoqda.

Konor Makgregor UFC musobaqalaridan chetlatildi

UFCning sobiq ikki karra chempioni, irlandiyalik mashhur jangchi Konor Makgregor 18 oy muddatga musobaqalardan chetlatildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 37 yoshli sportchi 2024 yil davomida uch marta o‘z joylashuvi haqida maʼlumot taqdim etmagan. Shu sababli, doping nazoratchilari undan biologik namuna olish imkoniga ega bo‘lmagan. Antidoping qoidalariga ko‘ra, bunday holat qoidabuzarlik sifatida baholanadi.

 

Taʼkidlanishicha, UFC sportchilari har doim o‘z aniq joylashuvlari haqida maʼlumot berib turishlari shart. Bu ularni har qanday vaqtda, oldindan ogohlantirishsiz tekshirish imkonini beradi.

 

Keyinchalik Makgregor tashkilot bilan to‘liq hamkorlik qilgan va qoidabuzarlikni tan olgan. Shuningdek, u ushbu davrda jarohatdan tiklanish bilan band bo‘lgan va janglarga tayyorgarlik ko‘rmagan. Shu bois, odatdagi ikki yillik diskvalifikatsiya muddati 18 oygacha qisqartirilgan.

 

Natijada Konor Makgregor 2026 yil 20 martdan keyin oktagonga qaytish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика