1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Ko‘rish qobiliyati pasayishini to‘xtatish yo‘li topildi

AQSH va Avstraliya olimlari bu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Ko‘rish qobiliyati pasayishini to‘xtatish yo‘li topildi

Yosh o‘tishi bilan insonning ko‘rish qobiliyati pasaya boradi. Bu — organizm keksaya boshlaganda yuz beradigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayon. Ammo ana shu o‘zgarishlarning aniq mexanizmlari fanga maʼlum emas edi.

 

AQSH va Avstraliya olimlari ko‘z ravshanligi pasayishi omillari hamda buning oldini olish yo‘lini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

 

To‘g‘ri, ushbu mavzuda avval ham tadqiqotlar o‘tkazilgan va yosh o‘tgan sayin ko‘rish qobiliyati yomonlashishi (presbiopiya)ga turli ko‘z kasalliklari sabab bo‘ladi, degan xulosaga kelingan.

 

Bu galgi izlanishlar davomida katta yoshda ko‘z ravshanligi pasayishining hujayraviy mexanizmi tasvirlab berildi va mazkur jarayonni to‘xtatish imkonini beruvchi usul taklif qilindi.

 

Hozirgacha bu muammoga qarshi turli davolash texnologiyalari (ko‘zlarga yorug‘lik to‘lqinlari, elektromagnit nurlanish yoki ultratovush orqali taʼsir o‘tkazish), tungi linzalar, dori-darmonlar, shuningdek, lazer korreksiyasi hamda mikrojarrohlik yo‘lidan foydalaniladi.

 

Biroq bu muolaja turlarining samaradorligi cheklangan, maʼlum asoratlar kelib chiqish xavfi ham mavjud.

 

Yangi tadqiqotda olimlar presbiopiyani inson ildiz hujayralaridan foydalangan holda modellashtirdi.

 

Aniqlanishicha, yosh o‘tgan sayin ko‘rish qobiliyati pasayishi jarayonida organizmda metalloproteinaz 3 (TIMP3) deb ataluvchi oqsil ishlab chiqariladi.

 

Ushbu modda ko‘z salomatligi uchun zarur bo‘lgan fermentlar faollashuvini pasaytirib, yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi boshqa fermentlar miqdorini oshiradi.

 

Tadqiqotchilar yallig‘lanishga sabab bo‘luvchi ana shu fermentlar faolligini bloklash usulini sinovdan o‘tkazdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, bunday yondashuv presbiopiyani to‘xtatish va samarali davolash imkonini beradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика