1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Korrupsion jinoyatlar bo‘yicha yetakchi viloyat ochiqlandi

Korrupsiyaga qo‘l urganlarning 4 nafari viloyat hokimligi xodimi bo‘lgan.

Korrupsion jinoyatlar bo‘yicha yetakchi viloyat ochiqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har oyda korrupsiyaga oid islohotlar natijadorligi va aholining korrupsiyaga murosasizligini baholashga qaratilgan reyting baholash ishlari olib borilmoqda. Ushbu reyting baholash ishlari natijalariga ko‘ra, Andijon viloyatida barcha ko‘rsatkichlarda salbiy tendensiya kuzatilmoqda.

 

Masalan, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir qilish bo‘yicha viloyat o‘tgan 3 oyda eng yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga aholisi korrupsiya bo‘yicha eng ko‘p murojaat qiladigan hududlar ichida Respublikada 1-o‘rinni band etmoqda. Ushbu raqamlar ko‘rsatib turibdiki, Andijon viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.

 

Andijon viloyat Korrupsiyaga qarshi hududiy kengashining kuni-kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi  yig‘ilishida shu haqda so‘z bordi. 

 

Yig‘ilishda, ayniqsa, viloyat, shahar va tuman hokimliklarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining bugungi kundagi holatiga alohida eʼtibor qaratildi. 

 

Tahlillarga ko‘ra, 2021-yilda 22 nafar shaxsga nisbatan 18 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan. Ular o‘zlashtirish, firibgarlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish hamda pora olish kabi jinoyatlarni sodir qilgan. Mazkur jinoyatlarga qo‘l urganlarning 4 nafari viloyat hokimligi, 18 nafari tuman va shahar hokimliklarining xodimlari hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика