1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Kumush narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarildi

Kumush narxining keskin ko‘tarilishi investorlarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqishi kuchaygani bilan izohlanmoqda.

Kumush narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarildi

 

 

Nyu-Yorkdagi Comex tovar birjasida kumush narxi tarixiy rekordni yangiladi. 2026-yil mart oyida yetkazib beriladigan kumush fyucherslari savdo jarayonida bir troya unsiyasi uchun 85 dollardan yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Bu haqda Oxu.az xabar bermoqda.

 

Savdo maydonchasi ma’lumotlariga ko‘ra, Boku vaqti bilan soat 17:05 holatida kumush narxi 7,18 foizga oshib, bir unsiya uchun 85,03 dollarni tashkil etdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, narx o‘sishi yanada tezlashib, 85,27 dollarga yetdi, bu esa 7,47 foizlik o‘sishni anglatadi.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, kumush narxining keskin ko‘tarilishi global bozorlardagi beqarorlik, sanoat talabi oshishi hamda investorlarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqishi kuchaygani bilan izohlanmoqda.

 

Shu bilan birga, Comex birjasida 2026-yil fevral oyida yetkazib beriladigan oltin fyucherslari narxi ham o‘sdi. Savdolar chog‘ida oltinning bir troya unsiyasi 4614,5 dollarga yetib, 2,52 foizga qimmatlashdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика