1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Marhum O‘zbek xalq shoiri Muhammad Yusuf va boshqa ijodkorlar xotirasi e’tirof etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bir guruh marhum olim va ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Marhum O‘zbek xalq shoiri Muhammad Yusuf va boshqa ijodkorlar xotirasi e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan, inson qadri va ajdodlar merosini ulug‘lash hamda ularning mamlakatimiz ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalaridagi xizmatlarini e’tirof etish maqsadida bir qator marhum siymolar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

"Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni bilan:

 

O‘ktam Aripov – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, taniqli jarroh olim.

 

Vali G‘afurov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib.

 

To‘xtasin Jalolov – Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim va tarjimon.

 

Vasil Kabulovich Kabulov – O‘zbekiston fan arbobi, akademik, kibernetika olimi.

 

Begali Qosimov – Fan arbobi, jahonshumul jamoatchilikka tanilgan jadidshunos olim.

 

Quddus Muhammadiy (Quddus Muhammadov) – O‘zbekiston xalq shoiri.

 

Rauf Parfi (Tursunali Parfiev) – O‘zbekiston xalq shoiri.

 

Murad Radjapov – O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori.

 

Alibek Rustamiy (Alibek Rustamov) – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim.

 

To‘ra Sulaymon (To‘ra Sulaymonov) – O‘zbekiston xalq shoiri.

 

Mamirjon Tuxtasinov – O‘zbekiston xalq artisti, mashhur xonanda.

 

Muhritdin Xalikov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda.

 

Ibrohim Xamraboev – Fan arbobi, akademik, geolog olim.

 

Muhammad Yusuf (Muhammadjon Yusupov) – O‘zbekiston xalq shoiri.

 

"Do‘stlik" ordeni bilan:

 

Bahodir Yuldashev – “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari.

 

Farmonda ta’kidlanganidek, ushbu siymolarning boy merosi, sermazmun ijodi va Vatan oldidagi xizmatlari xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика