1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Respublikada ilk bor zamonaviy motorollerlar yordamida chiqindilarni yig‘ish va tashish tizimi ishga tushiriladi

Samarqandda chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yangi tajriba yo‘lga qo‘yildi. Respublikada ilk bor zamonaviy elektromotorollerlar yordamida chiqindilarni yig‘ish va tashish tizimi ishga tushirildi.

Respublikada ilk bor zamonaviy motorollerlar yordamida chiqindilarni yig‘ish va tashish tizimi ishga tushiriladi

Tor ko‘chalar muammosiga yechim

 

Ko‘p yillar davomida Samarqandning tarixiy obidalar joylashgan hududlarida chiqindi tashish og‘ir masalaga aylanib kelardi. Sababi, tor va boshi berk ko‘chalarga katta yuk mashinalari kira olmas, natijada chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmasdi. Bu esa aholining noroziligiga sabab bo‘lardi.

 

Prezident topshirig‘iga muvofiq, endilikda ushbu muammoga yechim topildi — “Maroqand obod” sanitariya korxonasi tomonidan elektromotorollerlar xizmatga joriy etildi.

 

Samarali va tejamkor texnologiya

 

Bugungi kunda 20 ta motoroller qadimiy shahar hududida, 20 ga yaqin mahallada chiqindilarni yig‘ib chiqmoqda. Har bir motoroller kuniga ikki marta qatnab, o‘rtacha 9–10 tonnagacha maishiy chiqindini qayta yuklash shoxobchasiga olib chiqadi.

 

Yaqin kunlarda korxona texnika parki yana 20 ta shunday transport bilan kengaytirililadi.

 

Motorollerlar ikki turda — yoqilg‘i va elektr quvvati yordamida harakatlanadi. Ularni uch kunda bir marta quvvatlantirish orqali 200 km masofani bosib o‘tish mumkin. Bu ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan foydali. Shuningdek, tizim kengayishi natijasida 140 nafar ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

 

Toza va qulay shahar sari

 

Motorollerlar yordamida yig‘ilgan chiqindilar avval mahalladagi qayta yuklash punktlariga olib boriladi, so‘ngra katta yuk mashinalariga ortilib, preslangan holda markaziy chiqindi poligoniga yuboriladi.

 

Bu yangilik nafaqat chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishga, balki tarixiy shaharning sanitariya holatini yaxshilashga, aholining roziligini oshirishga va ekologik tozalikka erishishga xizmat qilmoqda.

 

Samarqandda boshlangan ushbu tajriba kelajakda boshqa shaharlar uchun ham samarali model bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Elektromotorollerlar — chiqindisiz va sog‘lom muhit sari tashlangan muhim qadamdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика