Navoiy viloyatining Karmana tumanida maktabgacha ta’lim muassasasida noxush holat qayd etildi. Ombudsman institutiga murojaat qilgan ota-onalarning ma’lum qilishicha, tarbiyalanayotgan bolalardan biri bog‘chada o‘yin vaqtida qo‘lidan jarohat olib, singan.
Biroq muassasa xodimlari jabrlangan bolani tezkor ravishda shifoxonaga olib borish o‘rniga, uni xalq tabibiga ko‘rsatishgab. Bu esa ota-onalarning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Holat yuzasidan Karmana tumani IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Natijada bog‘cha xodimlarining beparvoligi tasdiqlandi. Shundan so‘ng bolaning xavfsizligiga loqaydlik qilgan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, tarbiyachi yordamchisiga esa intizomiy jazo qo‘llandi.


