1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda erkak yalang‘och holda yurib, jamoat tartibini buzdi

U patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, ruhiy shifoxonaga joylashtirildi.

Toshkentda erkak yalang‘och holda yurib, jamoat tartibini buzdi

23-avgust kuni ertalab soat 04:30 lar atrofida poytaxtning Mirobod tumanida nooddiy holat qayd etildi. Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik yaqinida 45 yoshli erkak butunlay yalang‘och holda yurib, jamoat tartibini buzdi hamda yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

 

Voqea joyiga Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari yetib kelib, fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida uning avval ruhiy kasalliklar bo‘yicha davolanganligi aniqlangan.

 

Mazkur shaxs huquqbuzarligi uchun zarur choralar ko‘rilgan hamda keyinchalik ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan o‘z vaqtida izoh berib, voqea jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan nazoratga olinganini ma’lum qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика