1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ohangaron, Buxoro va Piskentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Firibgarlar 2 mingdan 4 ming dollargacha pora talab qilgan.

Ohangaron, Buxoro va Piskentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar O‘zbekistonning bir necha hududida abituriyentlarni pul evaziga oliy o‘quv yurtlariga kiritishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi. Aniqlanishicha, firibgarlar qabul komissiyalarida tanishlari borligini da’vo qilib, qalbaki hujjatlardan foydalangan hamda 2 mingdan 4 ming dollargacha pora talab qilgan.

 

Ohangaronda xususiy oliy ta’lim muassasasining kafedra mudiri to‘rt nafar talaba har biridan ming dollardan olmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

 

Buxoroda esa bir shaxs abituriyentga Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtida o‘qiganlik haqida soxta hujjatlar tayyorlab, uni 3 ming dollar evaziga mahalliy tibbiyot institutining 3-kursiga o‘tkazib berishni va’da qilgan. U ham pulni olayotganida qo‘lga olingan.

 

Piskentda ikki fuqaro Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga qabul qilish uchun “tanishlari” orqali 2 ming dollar talab qilgan. Ularning noqonuniy harakatlari ham fosh etildi.

 

Mazkur uchala holat yuzasidan firibgarlik va poraxo‘rlik moddalariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda gumonlanuvchilarning boshqa jinoyatlarda ishtirokini aniqlash maqsadida tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика