1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Markaziy bank 9 ta bankka ogohlantirish berdi

Shuningdek, uchta moliya tashkilotini jarimaga tortdi.

Markaziy bank 9 ta bankka ogohlantirish berdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi o‘tgan yilning dekabr oyidagi yig‘ilishlarida 37 ta masalani ko‘rib chiqqan va tegishli qarorlar qabul qilgan. Bu haqida regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yig‘ilishlar davomida kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi hamda tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijalari ham muhokama qilingan.

 

Tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial meʼyorlari talablariga, shuningdek, valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun 9 ta bank, ikkita lombard va bitta mikromoliya tashkiloti chora hamda sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

 

Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun bitta bank, bitta lombard va bitta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика