Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Qambarota GES-1ni birgalikda qurish bo‘yicha kelishib oldi.
2023 yilning 6 yanvarida Bishkek shahrida Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Bolat Akchulakov, Qirg‘iziston Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Yo‘l xaritasi”ni imzoladilar.
Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi doirasida tomonlar uni amalga oshirishning asosiy shartlarini kelishib oldilar. Shuningdek, vazirlar elektr stansiyasini o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha kutilayotgan chora-tadbirlarni belgilab olgan.
Qambarota GES-1 Qirg‘izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi kerak. U Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi va mintaqaning suv taʼminotini barqarorlashtiradi.


