1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

"Mavsum boshlandi": Toshkentdagi ijara narxlari oshdi

Joriy yilning avgust oyida poytaxtda o‘rtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyiga nisbatan o‘rtacha 1,9 foizga, to‘liq taʼmirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga oshdi.

"Mavsum boshlandi": Toshkentdagi ijara narxlari oshdi

Bu haqida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti matbuot xizmati mutaxassislar tahlillarini eʼlon qildi.

 

Uy-joy ijarasining oshishiga bir nechta omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha kutilmalar taʼsir ko‘rsatdi.

 

O‘rtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasiga talabning oshishi bo‘yicha kutilmalar ushbu turdagi uylar ijara narxlariga taʼsir ko‘rsatdi. 2024 yilning avgust oyida ijara narxlari iyul oyiga nisbatan o‘rtacha taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun 1,3 foizga, 2 xonali uylar uchun 2,1 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,7 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.

 

O‘rtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 285 AQSH dollari, 2 xonali – 348 AQSH dollari, 3 xonali – 387 AQSH dollari, 4 xonali — 460 AQSH dollari), Olmazor (1 xonali – 301 AQSH dollari, 2 xonali – 359 AQSH dollari, 3 xonali – 414 AQSH dollari, 4 xonali – 471 AQSH dollari) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350 AQSH dollari, 2 xonali – 445 AQSH dollari, 3 xonali – 550 AQSH dollari, 4 xonali – 736 AQSH dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 349 AQSH dollari, 2 xonali – 455 AQSH dollari, 3 xonali – 585 AQSH dollari, 4 xonali – 603 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.

 

To‘liq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. 2024 yilning avgust oyida to‘liq taʼmirlangan 3 xonali va 4 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlari iyul oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, 1 xonali va 2 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida o‘sish kuzatildi. Mazkur davrda 3 xonali uy-joylar ijarasi 0,4 foizga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 2,0 foizga arzonlashgan bo‘lsada, 2 xonali uy-joylar ijarasi o‘rtacha 0,1 foizga, 1 xonali uy-joylar ijarasi 3,4 foizga qimmatlashdi.

 

To‘liq taʼmirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335 AQSH dollari, 2 xonali – 416 AQSH dollari, 3 xonali – 501 AQSH dollari, 4 xonali – 634 AQSH dollari) va Uchtepa (1 xonali – 377 AQSH dollari, 2 xonali – 437 AQSH dollari, 3 xonali – 563 AQSH dollari, 4 xonali – 669 AQSH dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456 AQSH dollari, 2 xonali – 688 AQSH dollari, 3 xonali – 1006 AQSH dollari, 4 xonali – 1274 AQSH dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 421 AQSH dollari, 2 xonali – 715 AQSH dollari, 3 xonali – 1014 AQSH dollari, 4 xonali – 1279 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика