
Kinematografiya agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu hujjatli film Sharqning buyuk mutafakkiri, Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiladi.

Qayd etilishicha, filmda Vensan Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalye kabi dunyoga mashhur sanʼatkorlar, shuningdek, Maʼruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari o‘zbekistonlik taniqli aktyorlar rol ijro etgan.

Mazkur kinokartina 2017 yilda 74-Xalqaro Venetsiya kinofestivalida "Eng yaxshi xorijiy hujjatli film" nominatsiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘lgan, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.
Avvalroq O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligida Xo‘ja Nasriddin haqida multfilm suratga olinishi, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochilgani, O‘zbekistonga Raj Kapur byusti taqdim etilgani hamda O‘zbekiston kinematografiya agentligi Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.


