1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Modi Rossiyadan neft sotib olmaslikka vaʼda berdi

Tramp bundan norozi bo‘lib kelayotgan edi.

Modi Rossiyadan neft sotib olmaslikka vaʼda berdi

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Hindiston Rossiyadan neft sotib olmasligiga vaʼda berdi. AQSH prezidenti bu haqida Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda maʼlum qildi.

 

“Men Hindiston Rossiyadan neft sotib olayotganidan norozi edim. Bugun Hindiston bosh vaziri Narendra Modi menga Rossiyadan neft xarid qilmasligini tasdiqladi. Bu katta qadam. Endi biz Xitoyni ham xuddi shu ishni qilishga majbur qilamiz”, — dedi Tramp.

 

Avgustda Tramp Hindiston mahsulotlariga qo‘shimcha 25 foizlik import bojlarini joriy etish haqida farmoyishni imzolagandi. U mazkur qarorning sababi sifatida Hindistonning Rossiyadan neft xarid qilayotganini ko‘rsatgandi. Reuters maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH tomonidan bojlar va jarimalar tahdidiga qaramay, Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni davom ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика