Kecha, 15-oktabr kuni AQSH Mudofaa vaziri Pete Hegsethni olib ketayotgan C-32 turidagi harbiy samolyot Bryusseldan Qo‘shma Shtatlarga qaytayotganda Atlantika okeani ustida favqulodda signal yubordi.
Pentagon maʼlumotiga ko‘ra, parvoz vaqtida uchuvchilar bortidagi oynada yoriq aniqlangan, shundan so‘ng xavfsizlik chorasi sifatida samolyot Buyuk Britaniyadagi aviabazaga yo‘naltirilgan. Samolyot muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan. Bortdagi barcha shaxslar, jumladan, vazirning o‘zi sog‘-salomat ekani aytilmoqda.
Hozirda texnik xizmat xodimlari samolyotni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Oynadagi yoriqning sababi aniqlanmagan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga ruxsat etilgan bosim, havo harorati yoki mexanik taʼsir sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Maʼlumot uchun, C-32 samolyotlari AQSH rahbariyati va yuqori lavozimli rasmiylarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunday holatlarda xavfsizlik protokollari darhol ishga tushiriladi. Pentagon voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.


